Maʼlumki, monarxiya oilalarida qarindoshlar oʻrtasida nikoh tuzish odat boʻlgan. Bunday nikohlardan esa bolalar, yumshoq qilib aytganda, unchalik sogʻlom tugʻilmagan. Bir soʻz bilan aytganda, merosxoʻrlar bilan bogʻliq muammolar boʻlgan. Savolimiz qahramoni ham, otasi kabi monarxiya sulolasidan boʻlib, oʻz oilasida orziqib kutilgan farzand edi. U 762-yilda asos solingan qaysi mashhur shaharda yashagan?