Butun dunyoga mashhur Venetsiya karnavali quvnoqligi, niqoblar va kostyumlarning yorqinligi, ranglar va musiqa xilma-xilligi bilan hayratda qoldiradi. Sharqona xalat kiygan niqob alohida ajralib turadi. Bu — qiziqchi Millione niqobidir. U 700 yil avval oʻzlarining bir hamyurti ustidan kulish uchun yaratilgan boʻlib, hozirda venetsiyaliklar u bilan juda faxrlanishadi. 700 yil avval Venetsiya kimning ustidan kulgan edi?
Marko Polo ustidan. Uning Osiyo boʻylab sayohatlari va u yerda "koʻrgan" millionlab moʻjizalari haqidagi hikoyalari ustidan kulishgan ("milli" qoʻshimchasini birinchi boʻlib Polo ishlatgan).