XX asrning 70-yillarida SSSR qurolli kuchlarida harbiy texnikalarga (asosan artilleriya) gul nomlarini berish urf boʻlgan edi. Masalan, Oʻziyurar artilleriya qurilmalari (OʻAQ) orasida Akatsiya, Gvozdika, Pion va boshqalarni uchratish mumkin edi. Shunday qurilmalardan biriga, yo otish aniqligi, yoki yuqori zarba berish qobiliyati uchun harbiylarning oʻzlari original nomiga ohangdosh laqab berishgan. Harbiylar bu qirgʻin mashinasini qanday atashganini tushunsangiz, uning original "gul" nomini qiyinchiliksiz topasiz.