Bir necha yil oldin AQSH hududiga oʻzga sayyoraliklarning kosmik kemasi majburiy qoʻnishni amalga oshirgan edi. Kichkina amerikalik bola oʻzga sayyoraliklarga kerakli yoqilgʻini topishda yordam beradi va evaziga tortishish kuchini oʻchiruvchi tumor hamda odamni havoda aylantirib yuboradigan eliksirni sovgʻa sifatida oladi. Oʻtgan asrning 70-yillarida ushbu afsonani sovet gazetalaridan biri oʻquvchilarga soʻzlab bergan edi. Xoʻsh, u bolaning ismi nima edi?