Sovet davrida SSSRning barcha toʻrtta yetti ming metrlik choʻqqisini zabt etganlarga "Qor barsi" unvoni berilar edi. 70-80-yillarda choʻqqilardan biri Xitoy bilan munosabatlar tarangligi sababli koʻtarilish uchun yopib qoʻyilgan, ammo "Qor barsi" unvoni berilishda davom etgan. Toʻgʻri, uning yangi sohiblari oʻzlarini biroz kamsitilgandek his qilishardi, chunki Gʻalaba choʻqqisi oʻrniga yetti ming metrga bor-yoʻgʻi besh metr yetmaydigan Xontengri choʻqqisi kiritilgan edi. Oʻsha davrdagi "Qor barslari"ga alpinistlarning oʻzlari qanday taʼrif berishgan?