70-yillarda Afrikaga mahalliy qabilalarni suratga olish uchun yoʻl olgan Leni Rifenshtal oʻzi bilan birga unga juda asqotgan bir buyumni oldi. Oʻsha paytda Sudanda koʻplab ichki chegaralar boʻlib, ularni kesib oʻtish yoqimsiz va charchatuvchi jarayonlar bilan bogʻliq edi. Ammo bojxonachilar yoki chegarachilarga berilgan kichik esdalik sovgʻasi chegaradan deyarli bir zumda oʻtishga yordam berardi. Leni oʻzi bilan olgan buyumni aniq ayting.