Fransiyaning "Syans e vi" jurnali oʻrtacha yevropalik oʻz hayotini (shartli ravishda oʻrtacha umr 70 yil deb olingan) qanday oʻtkazishi haqidagi statistik maʼlumotlarni eʼlon qildi. Masalan, u hayoti davomida: 2128 sutka (yaʼni 6 yildan ortiq) — televizor ekrani qarshisida, 623 sutka — kulib, 560 sutka — ovqat tayyorlash bilan va hokazo vaqt oʻtkazishi hisoblab chiqilgan. Mashgʻulotlardan biri uchun ikki xil variant hisoblangan: 177 sutka yoki 531 sutka. Bu qaysi mashgʻulot?