70-yillarda AQSHda dengiz janglarini modellashtirish uchun kompyuter dasturi yaratildi. Odatda, bunday simulyatsiya qilingan janglarda u real flot qoʻmondonlarini magʻlub etardi. Odamlar mashina taktikasini batafsilroq oʻrganib chiqishganda, gʻalati narsani koʻrishdi: "jang" tugagach, yangisiga kirishishdan oldin, kompyuter oʻzining bir-ikkita kemasiga qarata oʻq uzib, ularni choʻktirib yuborar edi. U nima uchun bunday qilgan?
Eskadra oʻzining eng sekin kemasidan tezroq harakat qila olmaydi. Kompyuter oʻzining eng koʻp shikastlangan kemalarini otib tashlab, shu orqali tezlikda ustunlikka erishgan.