Aytishlaricha, 70-yillarda quyidagi estrada reprizasi mashhur boʻlgan. Konferansye sahnaga chiqib deydi: "Mana bugun bu yerga musiqa ixlosmandlari yigʻilishibdi, bu yoqimli. Siz musiqani sevasiz, musiqa texnikasiga qiziqasiz, xoʻsh, hozir qaysi shaxmatchilar eng yaxshi hisoblanishini bilasizmi? Bilmaysizmi? Unda men sizga aytaman: chet elliklardan — Larsen, oʻzimiznikilardan esa — Taymanov". Diqqat, savol! Matndagi qaysi soʻzni biz "shaxmatchilar" soʻzi bilan almashtirdik?