Demak, 7-savol. Eng birinchi BUNDAY U — rasmiy saytiga koʻra "Arab minorasi" maʼnosini anglatuvchi "Burj al Arab" 1999-yil dekabr oyida paydo boʻlgan. Yevropadagi birinchi BUNDAY U esa Milandagi "La Skala" teatri va Milan sobori oʻrtasidagi hashamatli savdo passajida, "Prada" doʻkoni ustida joylashgan. Savolda "BUNDAY U" deb qaysi ikki soʻzni almashtirdik?