Ushbu "moslama"ning o'lchami standartga ko'ra 7 3/8 ga 3 1/4 dyuymni tashkil etadi. U kartondan tayyorlangan, 80 ta ustunga bo'lingan edi, 1928-yildan boshlab esa millionlab nusxada ishlab chiqarilgan va ishlatilgan. Sizlardan kimdir bolaligida u bilan o'ynagan bo'lishingiz mumkin. Biz sizdan bu qanday moslama ekanligini so'ramaymiz. Ayting-chi, XVIII asrda ushbu "moslama"ning ilk prototiplaridan biri qaysi qurilmalar uchun ishlab chiqilgan edi?