7-dekabr kuni Londondagi "Spinks" auksionida qirol Eduard VIII ning 1937-yilgi oltin sovereni uchun 400 000 funt sterling narx taklif qilindi. Bu XX asrning o‘ziga xos rekordi edi. Bunday yuqori narx ikki sabab bilan izohlanadi: soveren sinov nusxasi bo‘lgani va deyarli yagona nusxada ekanligi. Tarixni eslab, ikkinchi sababni aytishga harakat qiling.
Eduard VIII o‘zi sevgan ayol uchun 1936-yil yanvaridan beri egallab turgan taxtdan voz kechgan. Bu 1936-yil dekabrida sodir bo‘lgan va zarb etilgan soveren sinov nusxaligicha qolib ketgan.