1815-yil 7-martda Parijga ketayotib, Napoleon Bonapart Grenoblda toʻxtadi. Unga kotib kerak edi va shahar meri unga bir kishini familiyasini ataylab buzib tanishtirdi. "Qanday yaxshi bashorat, — deb xitob qildi imperator, — u mening ismimning yarmini tashiydi!". Men sizdan Napoleonga tanishtirilgan kishining familiyasini aytishingizni soʻramayman. Uning ukasi nima sababdan tarixga kirganini ayting.
Qadimgi Misr yozuvini shifrdan chiqargani tufayli.