Angliyaning havaskorlar yoki "yakshanba" ligasining "Piterboro Nort-End" va "Royyal Meyl" jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda gʻayritabiiy voqea sodir boʻldi. 63-daqiqada "Royyal Meyl" gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi — 2:1. Biroq "Piterboro" darvozaboni Makgaffin toʻp qoida buzilishi bilan urilgan deb hisoblab, hakamni tanqid qila boshladi. Asosiy ishi treyler haydash boʻlgan 39 yoshli hakam Makgaffinning oldiga yugurib keldi va nojoʻya soʻzlarni ishlatib, unga ovozini oʻchirishni maslahat berdi. Biroq, biroz oʻylangach, u sanksiya qoʻlladi, buning natijasida, ehtimol, jahon futboli tarixiga kirdi. Ushbu oʻyin hakami Endi Ueyn nima qilgan edi?
Oʻzini maydondan chetlatgan (oʻziga oʻzi qizil kartochka koʻrsatgan).