Kichik ovoz farqi bilan hokimiyatga kelgan ushbu hukmdor mamlakatda bir qator dadil islohotlarni amalga oshirdi. Xususan, u nihoyat Isroil bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi, eng mashhur dissidentni oqladi va keyingi saylovlarga qadar mamlakatda saylash va saylanish huquqiga ega boʻlganlar sonini 60 foizga oshirdi, garchi bu uning qayta saylanish imkoniyatlarini oshirmagan boʻlsa-da. U oʻz maslakdoshlarining siyosiy faol qismini qanday qilib koʻpaytirishga erishdi?
Ularga kardinal unvonini berdi. Faqat kardinallar oʻz orasidan Rim papasini saylash huquqiga ega. Iogan Pavel II Galileyni oqlagan edi.