60-yillarda Angliya terma jamoasi va dunyo terma jamoasi oʻrtasida oʻyin boʻlib oʻtgan va unda inglizlar gʻalaba qozonishgan. Ammo uchrashuvning asosiy qahramoni inglizlar tomonidan "sariq devor" deb nom olgan rus darvozaboni Lev Yashin boʻlib qolgan. "Devor" ekanligi tushunarli. Nega aynan sariq?
Faoliyati davomida deyarli yagona marta u oʻzining odatiy qora sviterida emas, balki sariq sviterda oʻynashiga toʻgʻri kelgan.