Boris Strelnikov 60-70-yillardagi Amerika haqidagi yoʻl xotiralarida "Nyu-York tayms"dagi maqola haqida yozadi. Maqolada aytilishicha, "ikki harbiy xizmatchi — serjant va kapral bazaga bazmdan qaytayotib, dasht avtomagistralida jipda bemalol ketayotganlarida, toʻsatdan qorongʻu osmondan likopchaga oʻxshash sirli buyum tushib, jipni agʻdarib yuboradi. Keyin likopcha tezda yuqoriga koʻtariladi, lekin agʻdarilgan jip ostidan chiqib olgan hushyor askarlar uning tubida emblemani koʻrishga ulgurishadi". Ular oʻsha emblemada qaysi ikki buyumni koʻrishgan?