Jurnallarning birida uning shunday tavsifi berilgan: Atom massasi 60 kg ni tashkil qiladi, shuningdek massasi 40 dan 250 kg gacha boʻlgan kamyob izotoplari ham uchraydi. Kimyoviy xossalariga oltin, kumush va boshqa aslzod metalar bilan oʻzaro taʼsiri kiradi. Kutilmaganda portlashi mumkin, samarali tozalash va yuvish vositasi hisoblanadi. Sifatli reaksiyasiga esa yonida yanada yuqori sifatli namuna boʻlganda yashil rangga kirishi kiradi. Uni nomlang.