Ushbu kokteyl 20-asrning 60-yillarida koʻplab mamlakatlarda mashhur boʻlgan. U yaratuvchi davlatlar uchun xos boʻlgan ikki ichimlikdan iborat. Kokteylning nomi bir davlatning ikkinchisidan mustaqilligini anglatadi. Ammo bunda mustaqil davlatning ichimligi kokteylning atigi uchdan bir qismini tashkil qiladi. Biz sizdan kokteyl nomini emas, u qaysi ichimliklardan iborat ekanligini soʻraymiz.