Aleksandr Nilinning Rossiya gazetalaridan birida chop etilgan maqolasida 60-yillardagi vaziyat tasvirlangan: "Xrushchev ijodkor ziyolilar bilan uchrashmoqda, bunda Nikita Sergeyevich tartibni buzuvchilarni deyarli koʻcha soʻzlari bilan soʻkmoqda, lekin ularning ismlari — Voznesenskiy, Evtushenko, Viktor Nekrasov, [boʻshliq], Xutsiyev va boshqalar — bundan yanada mashhur boʻlib bormoqda". Ushbu qatorga paradoksal tarzda mos tushgan, tushirib qoldirilgan familiyani ayting.