Mamlakatimizda teatr spektakli boshlanishidan oldin uchta qoʻngʻiroq chalinadi. Fransiyada anʼanaga koʻra qoʻngʻiroq chalinmaydi, balki uch marta taqillatiladi. Faqat hammaga maʼlum Komedi Fransuz (Comédie-Française) teatrida 6 marta taqillatiladi. Nima uchun?
Chunki Komedi Fransuz ikkita teatrning birlashishi natijasida tashkil topgan.