Har yili 6-avgust kuni soat 8 dan 15 daqiqa oʻtganda ushbu shaharning bogʻlaridan birida oʻn minglab aholi yigʻiladi. Bong sadosi va zavod-fabrikalardagi gʻamgin sirena ovozi ostida osmonga bu yerga keltirilgan yuz minglab kabutarlar uchiriladi. Kech tunda esa shahar joylashgan daryo boʻylab okean tomon minglab yonayotgan shamli qogʻoz fonuslar suzib ketadi. Bu voqea qaysi shaharda sodir boʻladi?