2001-yil 6-fevralda F-1 poygalarida qatnashuvchi Benetton jamoasi 2001-yilda foydalaniladigan bolid modelini taqdim etdi. Bu voqea sport olamida katta shov-shuvga sabab boʻlmadi, chunki Benetton yuqori oʻrinlarga da'vogarlik qilmas edi. Ammo bu taqdimotda bir holat juda gʻayritabiiy edi. Agar siz u qaysi shaharda boʻlib oʻtganini tushunsangiz, ma'muriy markazi oʻsha shahar boʻlgan viloyatdagi boshqa bir shaharni ayta olasiz, u asosan bir ingliz tufayli mashhur.