[Boshlovchiga: oʻyinchilarga "sport turi" soʻz birikmasi qoʻshtirnoq ichiga olinganini aytmang.] Ushbu "sport turi"ning vatani Shvetsiya boʻlib, u yerda 1934-yil 6-oktabrda birinchi rasmiy oʻyin boʻlib oʻtgan. Ushbu oʻyin insonda reaksiya, koordinatsiya, nostandart fikrlash va chidamlilikni rivojlantiradi, jarohat olish xavfi esa nolga teng deb hisoblanadi. Ushbu "sport turi"da ishlatiladigan boshqa "inventarlar" qatorida bir paket kraxmal va bir ballon silikon moyi bor. Ushbu "sport turi"ni ikki soʻz bilan ayting.