Uelsdagi bir shaharcha shunday nomga egaki, u tarjimada: "Qizil gʻor yaqinidagi Llantisilio tez oqimi boʻyidagi oq findiq vodiysidagi Avliyo Mariya cherkovi" degan maʼnoni anglatadi. Bu nom 58 ta harfdan iborat, ammo eng uzun geografik nomlar roʻyxatida atigi toʻrtinchi oʻrinni egallaydi. Biroq, yaqinda shaharcha oʻz nomiga yana bir nechta harf qoʻshib, maʼlum bir koʻrsatkich boʻyicha birinchi oʻringa chiqib oldi. Ushbu harflardan ixtiyoriy uchtasini ayting.