Germaniyalik Margaret Roden kunini gazetalardagi reklama va eʼlonlarni koʻzdan kechirishdan boshlaydi. Uning kolleksiyasi 5500 dan ortiq sinchkovlik bilan tasniflangan obektlarni oʻz ichiga oladi, ular orasida «Ona choʻchqa», «Ket» va «Tish kovlagich» kabilari bor. Jurnalistlar va hajvchi yozuvchilar maslahat soʻrab unga murojaat qilishadi. U nima toʻplaydi?