Afsonaga koʻra, u jami 550 marta qayta tugʻilgan. 83 marta avliyo, 58 marta podshoh, 24 marta rohib, 18 marta maymun, 13 marta savdogar, 12 marta tovuq, 8 marta gʻoz, 6 marta fil; bundan tashqari, baliq, kalamush, duradgor, temirchi, qurbaqa, quyon boʻlgan. Bu holat xudolar uning oxirgi marta tugʻilib, jaholat zulmatiga botgan dunyoni qutqarish vaqti keldi deb qaror qilgunlariga qadar davom etdi. Uning Gautama degan urugʻ nomi koʻpchilikka maʼlum emas. Bir daqiqadan soʻng uning boshqa ikki ismini ayting, ulardan biri "maqsadga erishgan", ikkinchisi esa "nurlangan" degan maʼnoni anglatadi.