Duplet. Ikki savol, birinchisiga 55 soniya, ikkinchisiga 5 soniya muhokama. 1. 2017-yilga kelib «Real» oʻndan ortiq Yevropa chempionlari kubogini yutgan va navbatdagisining finaliga chiqqan edi. Oʻyindan biroz oldin eʼlon qilingan fanatlar kollajida ULARDAN biri kutilayotgan sovrinni koʻrsatib turardi. Aniq ayting: ULAR birgalikda nimani koʻrsatgan? 2. Bir oʻyinda himoyachi hujumchi bilan qattiq toʻqnashib ketdi va keyinchalik ekranda koʻplab ULAR koʻrsatilganda, sharhlovchi bu hozir oʻyinchi almashtirish emasligini taʼkidladi. ULARNI ikki soʻz bilan ayting.