Yaqinda Virjiniyadagi barlardan biriga 54 yoshli erkak bostirib kirib, oʻqotar quroldan oʻt ochdi. Natijada bar mijozlaridan biri oʻldirildi va yana 6 kishi yaralandi. Uni hibsga olgan politsiyachilarga oʻqchi, uning familiyasini eshitganda odamlarda paydo boʻladigan assotsiatsiyalar uni doim gʻazablantirganini va shu sababli uning uchta oʻgʻli hatto familiyasini oʻzgartirishga majbur boʻlganini aytdi. Amerikalikning kechinmalari oxir-oqibat ushbu fojiali voqeaga aylanib ketdi. Aytgancha, baxtsiz qotilning familiyasi nima edi?
Ronald Gey (Gay). (Ingliz tilida "Gay" — ham "shodon", ham "gomoseksualist" maʼnosini bildiradi.)