Maʼlumki, qarta ranglari ikkiga — qizil va qoraga boʻlinadi, umuman olganda 52 ta qarta 4 ta rangdan (mast) iborat. Endi har bir raqamli qartani oʻz qiymati boʻyicha, valetni — oʻn bir ochko, damani — oʻn ikki, qirolni — oʻn uch, tuzni esa bir deb hisoblang. Bularning barchasini qoʻshing, yana bir joker-birlikni qoʻshing va natijani raqiblaringizdan oldin ayting.