Oʻlat va Musofir haqida qadimiy rivoyat bor. Yoʻlda Musofir va Oʻlat uchrashib qolishibdi. — Qayerga ketyapsan? — deb soʻrabdi Musofir Oʻlatdan. — Bagʻdodga, 5000 kishini oʻldirishga, — deb javob beribdi u. Bir necha kundan keyin Musofir yana Oʻlatni uchratibdi va uni ayblabdi: — Sen 5000 kishini oʻldiraman degan eding, lekin 50000 kishi halok boʻldi. — Yoʻq, — deb eʼtiroz bildiribdi Oʻlat, — men faqat 5000 kishini oʻldirdim. Qolganlarning oʻlimiga nima sabab boʻlgan?