Birlashgan Yevropaning yagona valyutaga oʻtishi Italiyaning "Ming lira" striptiz-klubi qizlariga koʻp noqulayliklar tugʻdirdi. Ushbu klub mijozlari doimiy ravishda qizlarga eski ming liralik banknotlar oʻrniga qiymati deyarli teng boʻlgan 50 yevrosentlik tangalarni berishga harakat qilishardi. Qizlarning soʻzlariga koʻra, bu tangalar, birinchidan, qurbaqa kabi sovuq, ikkinchidan, doimo tushib ketadi. Striptiz-klubning ixtirochi egasi qizlarni pul islohoti oqibatlaridan qanday qutqarganini toping.