Sizlardan birortangiz shahar nomlarini soʻzma-soʻz tarjima qilib, masalan, Nyu-Yorkni Yangi York yoki San-Fransiskoni Avliyo Fransisk deb atashni xayolingizga ham keltirmasangiz kerak. Italyanlar esa baʼzan aynan shunday qilishadi. Masalan, bir yirik shaharni ular aholisi ushbu shahar aholisidan taxminan 50 baravar kam boʻlgan kichik bir Yevropa davlati bilan bir xil nomlashadi. Qaysidir maʼnoda poytaxt boʻlgan ushbu shaharni ayting.