Inglizcha "kabriolet, yengil arava" maʼnosini anglatuvchi "baggi" soʻzi bilan qumda yurishga moʻljallangan yoʻltanlamaslar ataladi. 50-yillarda AQSHda ular eshiklari, qanotlari, hatto kuzovi ham boʻlmagan eskirgan yengil mashinalar koʻrinishida paydo boʻlgan. Baggi yaratilishining ilk davridagi eng mashhur "xomashyo"ni ayting.