Oʻtgan asrning 50-yillari oxirida Kubada shunday voqea sodir boʻlgan. Golf oʻynayotgan bir guruh amerikalik turistlar Kastro partizanlari otryadi tomonidan kutilmaganda qoʻlga olinadi. Amerikaliklar sarosimaga tushib qolishadi, biroq ulardan biri, yoshi ellikdan oshgan erkak, toʻsatdan bir necha soniya ichida daraxtga chiqib ketadi va baland ovozda baqira boshlaydi. Shundan soʻng kubaliklar turistlarga tegishmaydi, hatto ularni xavfsiz joyga kuzatib qoʻyishadi. Ushbu "baqiroq"ning familiyasini yozing.