Bir safar ekspeditsiyada savol muallifi fotoplyonka uchun eritmalarni dorixona tarozisida 50 grammdan chorak grammgacha aniqlikda tortib tayyorlashi kerak edi. Biroq kerakli toshlar yonida boʻlmagan va arxeologlarning shaxsiy zaxirasidagi turli mayda-chuydalardan foydalanishga toʻgʻri kelgan. Ish tugagach, 12 ta buyum egalariga shikastlanmagan holda qaytarilgan, ammo yana biri zubilo bilan butunlay buzilgan edi. Buzilgan buyum egasiga yetkazilgan zararning aniq miqdorini ayting.