Amerika shahri Atlantaning munitsipaliteti yaqinda bir aksiya oʻtkazdi. Munitsipalitet xodimlari SHUNI olib kelib, meriyaga topshirgan har bir kishiga 50 dollar miqdorida mukofot toʻlanishini vaʼda qilishdi. Shahar kengashi SHUNDAN koʻpi bilan ikki yuzta yigʻiladi deb hisoblab, butun kampaniya uchun 10 000 dollar ajratdi. Biroq tadbir boshida meriyani SHUNING 550 nafar egasi oʻrab oldi. Maʼlum boʻlishicha, shaharda oʻz munitsipaliteti bilan buni baham koʻrmoqchi boʻlganlar soni taxminan 16 000 kishini tashkil etgan. Endi Atlantada navbatdagi shunday aksiyani oʻtkazish uchun homiy qidirilmoqda. Keling, amerikaliklarga oʻz muammolarini oʻzlari hal qilishga qoʻyib beraylik va bir daqiqadan soʻng javob beraylik: Atlanta meriyasi nimani bunchalik gʻayrat bilan "toʻplamoqda"?