Shvetsiyada har yili ratsionalizatorlar va ixtirochilar tanlovi oʻtkaziladi. Yaqinda tanlovning bosh sovrini — 50 000 shved kronasi (taxminan 7000 AQSH dollari) ishtirokchilardan biriga foydalangandan soʻng germetik yopiladigan qandaydir gigiyenik paket gʻoyasi uchun nasib etdi. Bu qanday paket?
Bu AEROpaket (koʻngil ayniganda ishlatiladigan paket). Gʻolibning oʻzi shunday degan: "Mening koʻnglim shunchalik koʻp aynib, qayt qilganmanki, jarayonni barcha tafsilotlari bilan oʻrganib, toʻgʻri yechimni topa oldim".