5. Duplet. 1. “Yalangʻoch yerqazar” nomli kemiruvchi turi koloniya boʻlib yashaydi. Odatda har bir oila aʼzosining oʻz vazifasi bor. Yer qazish, ovqat topish va hokazo. Ammo bir toifa kemiruvchilar faqat ovqatlanish va dam olish bilan mashgʻul boʻladi. Bu jonzotlar haqidagi maqolaning aynan shu qismi 1965-yilgi filmda ishlatilgan mashhur ibora bilan boshlanadi. Savol: Oʻsha iborani ikki soʻzda yozib bering. || 2. “Yalangʻoch yerqazar” nomli kemiruvchi turi koloniya boʻlib yashaydi. Odatda har bir oila aʼzosining oʻz vazifasi bor. Yer qazish, ovqat topish va hokazo. Ammo bir toifa kemiruvchilar faqat yeb yotish bilan mashgʻul boʻladi. Shunday boʻlsada bu dangasalarning oʻz vazifasi bor. Yirtqich hujumi yoki suv toshqini xavfi tugʻilganda bu kemiruvchilar boshqalarni qutqarish uchun semirgan tanasi bilan oʻraning ogʻzini yopadi va oʻzi halok boʻladi. Savol: Maqolaning shu qismida qaysi yaponcha soʻzni uchratish mumkin?