Londonlik Kirsti va Karl Uilli toʻyi koʻngilsizliklar bilan oʻtdi: ijaraga olingan Rolls-Royce yonib ketdi; mehmonxonadagi birinchi nikoh kechasi tonggi soat 5 dagi yongʻin trevogasi bilan boʻlindi; mehmonxona restoranida tushlikka faqat sovuq ovqat berildi, chunki tunda oshxona yonib ketgan edi. Yomon alomatlardan qoʻrqqan yangi kelin-kuyov chiptalarni qaytarib, asal oyini bekor qilishdi. Ular qayerga borishmoqchi edi?