(Illyustratsiya: Betxovenning 5-simfoniyasidan parcha yangraydi — ta-ta-ta-TA — taqdir eshik qoqmoqda). Hurmatli bilimdonlar! Maʼlumki, Betxovenning oʻzi beshinchi simfoniyasining eng mashhur leytmotivini Taqdir leytmotivi deb tushuntirgan. Biroq, aytaylik, Amerika va Angliyada bu toʻrtta nota Taqdir emas, balki Gʻalaba ramzi boʻlib xizmat qiladi. Nima uchun?
Ular Morze alifbosidagi V harfi kabi yangraydi — Victory, gʻalaba.