Bir adabiy bezorining "Jivoy Jurnal"ida prezidentning labradori — Koni sayr paytida pensioner ayolni tishlab olgani haqida post bor. Keyingi postda esa hammasi aksincha bo'lgani va bu "kampir Putinning itini tishlab olgani" ma'lum bo'ladi. Uchinchi postdan iqtibos: "Kelasi haftadayoq Putinning itini tishlab olgan kampir ustidan Basmanniy sudi bo'lib o'tadi. [bo'shliq] unga 5 yildan 9 yilgacha qamoq jazosi xavf solayotganini ta'kidlamoqda". Tushirib qoldirilgan ikki so'z ko'plik shaklida, garchi ko'plaringiz ularni birlikda uchratgan bo'lsangiz ham. Bo'shliqni to'ldiring.