Mashhur shotlandiyalikning soʻzlariga koʻra, ismi bir soʻzdan iborat boʻlgan BIRINCHI maʼlum muddat Angliyada yashagan. BIRINCHIDAN taxminan 5 asr keyin Angliyada yashagan IKKINCHINING ismi esa ikki soʻzdan iborat boʻlib, birinchisi — BIRINCHINING ismi edi. Bir mashhur nemis IKKINCHINI eshak deb atagani (bu haqoratni yo fizik hodisa, yo falsafa bilan bogʻlagan) IKKINCHINING ismi bilan UCHINCHINI atashga toʻsqinlik qilmadi. UCHINCHINING toʻliq ismi uchta soʻzdan iborat boʻlib, dastlabki ikkitasi — IKKINCHINING ismi edi. Tugʻma ingliz boʻlmagan UCHINCHI, xususan, Angliyada ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullangan va IKKINCHIDAN taxminan ikki yarim asr keyin yashagan. UCHINCHINING shaxsi MDH fuqarolarining koʻpchiligiga kam maʼlum, biroq bu fuqarolar UCHINCHINING ishlab chiqarish faoliyati mahsuli boʻlgan buyumni TOʻRTINCHINING qoʻlida bir necha bor koʻrishgan. Bu TOʻRTINCHI bir vaqtlar taʼsir doirasi Angliyaga (va nafaqat Angliyaga) tegishli deb hisoblangan narsa bilan cheklangan tashkilot aʼzosi boʻlgan. TOʻRTINCHINI ayting.