gotquestions.online

[Boshlovchiga: oʻqishda "oson" soʻzini ovoz bilan ajratib koʻrsating!] "Oson oʻyna!" — dastlab bu oʻyinni shunday nomlamoqchi boʻlishgan. Ammo maʼlum boʻlishicha, hind-yevropa oilasining german tarmogʻiga kiruvchi, Yevropada qariyb 5,7 mln kishi soʻzlashadigan ushbu tilda bu iborada undosh tovushlar shunchalik koʻp ekanki, oʻyin nomini aytishdan koʻra oʻynashni oʻrganish osonroq ekan (ayniqsa oʻyin moʻljallangan yoshdagilar uchun). Shuning uchun ortiqcha undoshlardan tezda voz kechildi va hosil boʻlgan nom lotincha "oʻrganyapman" degan maʼnoni anglatuvchi soʻz bilan mos tushib qoldi. Hosil boʻlgan nomni lotin tiliga tarjima qiling.

Manba