Ingliz Devid Rol koʻplab tarixiy va arxeologik manbalarni oʻrgangan. Mesopotamiyaning qadimiy muhrida (5-6 ming yil avvalgi) tarixchi uni Eronga yetaklagan maʼlumotlarni topdi. Muhrdagi tasvir taxtda oʻtirgan erkak va uning yonida oʻtirgan ayoldan iborat edi. Ularning oʻrtasida mevalarga boy daraxt tasvirlangan. Bu suratda yana kim bor?