Ilonxoʻr qushlarda polaponni ovqatlantirish jarayoni juda murakkab. Avval polapon ilonni dumidan tutib, ota-onasining halqumidan tortib ola boshlaydi. Oʻljani chiqarib olgach, polapon uni oʻzi yuta boshlaydi. Baʼzan bu jarayon ilonning hajmiga qarab 5-10 daqiqa yoki undan koʻproq davom etadi. Olimlarning fikricha, bu jarayon ota-ona qushlar uchun yoqimsiz. Nima uchun?
Ilon tangachalari orqaga yoʻnalgan boʻlib, yoqimsiz ogʻriq berishi mumkin.