"Hayvonlar hayoti" ensiklopediyasida bizning oʻlkalarda uchraydigan turi haqida shunday deyilgan: "urgʻochisining homiladorlik davri 49 kun davom etadi, yilda faqat bir marta bolalaydi. Urgʻochisi 2 tadan 8-10 tagacha bola tugʻadi. Bolalari koʻzi ojiz, tuksiz, quloq teshiklari yopiq va och pushti rangli teri bilan tugʻiladi". Ammo mashhur asarning sarlavhasiga aylangan eng mashhur savolga bu ensiklopediya javob bermaydi. Qaysi savolga?