Luis Harris tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalari shuni koʻrsatadiki, AQSH aholisining 47 foizi ushbu kasb egalarining qadriyatlari va qarashlari ularga mutlaqo begona deb hisoblaydi; 42 foizi — ularni oddiy odamlardan koʻra kibrliroq deb; 34 foizi — ularni koʻproq moyillikka ega (tendensioz) deb, 31 foizi esa oddiy amerikaliklarga qaraganda ancha surbet (sinik) deb hisoblaydi. Respondentlarning atigi 7 foizi ularni halol odamlar deb biladi va faqat 24 foizi ularning aqlli ekanini qayd etadi. Yuliy Kimning fikricha esa, hozirgi zamonda qahramonlik borasida ularni faqat oʻqituvchilar bilan solishtirish mumkin. Chexov ham, Bulgakov ham, Vizbor ham, Chumak ham (nomi tilga olinmasin) shulardan boʻlgan. Ularni ayting.