Ushbu qogʻoz mahsulotini tayyorlash uchun 44% holatda yassi ofset bosma, 41,6% — tomchili-oqimli bosma, 14,4% — rangli elektrografiya usuli qoʻllaniladi va faqat 0,4% ga yaqini qoʻlbola buyumlarga toʻgʻri keladi. Agar sizda ushbu mahsulot paydo boʻlsa, oʻylaymanki, xursand boʻlmaysiz va ehtimol undan tezroq qutulishga harakat qilasiz. Diqqat, savol! Bu qanday mahsulot?