Rivoyatlarga koʻra, ushbu Rim xudosining birinchi ibodatxonasi podshoh Numa Pompiliy tomonidan qurilgan. Uning darvozalari avlodlarning hayratiga sabab boʻlib, 43 yil davomida yopiq turgan. Jangovar avlodlar hayratlanishiga asos bor edi. Zero, urush eʼlon qilish haqida qaror qabul qilinganda, davlatning birinchi shaxsi — xoh podshoh boʻlsin, xoh konsul — ushbu ibodatxona darvozalarini ochgan va ularning oldidan jangchilar parad bilan oʻtishgan. Urush davom etar ekan, darvozalar ochiq qolgan. Faqat tinchlik bitimi tuzilgach, xudo huzurida qoʻshinlarning yangi paradidan soʻng darvozalar qulflangan. Savol: ushbu ibodatxona qaysi xudoga bagʻishlangan?